INGLIZ VA OʻZBEK TILSHUNOSLIGIDA ILMIY MATNLARNING OʻRGANILISH TARIXI
Keywords:
ilmiy matn, ilmiy uslub, matn lingvistikasi, janr tahlili, registr tahlili, CARS modeli, ingliz tilshunosligi, oʻzbek tilshunosligi, pragmatik tahlil, terminologiya, diskurs, qiyosiy tadqiqotAbstract
Ushbu tadqiqotda ingliz va oʻzbek tilshunosligida ilmiy matnlarning oʻrganilish tarixini solishtirma asosda yoritadi. Ingliz tilshunosligida tadqiqot 1960-yillardan boshlab registr tahlilidan janr tahliliga (CARS modeli) va korpus lingvistikasiga oʻtgan. Oʻzbek tilshunosligida esa jarayon XX asr 20-yillarida terminologiya bilan boshlanib, keyinchalik matnning sintaktik va pragmatik xususiyatlarini oʻrganishga yoʻnaltirilgan. Taqqosiy tahlilda ikki anʼana oʻrtasidagi umumiy va farqli jihatlar ochib beriladi. Natijalar ilmiy matnlarning samarali yaratilishi va oʻqitilishiga hissa qoʻshadi hamda qiyosiy diskurs tadqiqotlari uchun asos yaratadi.
Downloads
Published
2026-04-23
Issue
Section
Articles