TA’LIM MUASSASALARIDA ICHKI EKOLOGIK MUHIT (INDOOR ENVIRONMENT)NING O‘QUVCHILARNING KOGNITIV FAOLIYATI VA PSIXOFIZIOLOGIK HOLATIGA TA’SIRI (O‘ZBEKISTON MISOLIDA)”

Authors

  • Muratova Gulsara Saidovna Author

Abstract

So‘nggi yillarda ta’lim sifati va o‘quvchilarning bilim samaradorligini oshirish masalasi global miqyosda dolzarb muammolardan biriga aylangan. Ta’lim jarayonining samaradorligi ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lib, ulardan biri — ta’lim muassasalaridagi ichki ekologik muhit (indoor environment) hisoblanadiO‘zbekiston hududida urbanizatsiya jarayonining jadallashuvi, aholi sonining ortishi va infratuzilmaning kengayishi natijasida ta’lim muassasalarida ichki muhit sifati masalasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Ayniqsa, sinf xonalaridagi havo sifati, mikroiqlim parametrlarining buzilishi va shovqin darajasining oshishi o‘quvchilarning kognitiv faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi

Author Biography

  • Muratova Gulsara Saidovna

    Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti Ekologiya va geografiya kafedrasi o‘qituvchisi

Published

2026-04-23