MINTAQA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING AHAMIYATI, ISTIQBOLLARI (Farg‘ona viloyati misolida)

Authors

  • Abdurazzakov Diyorbek Author
  • Egamberdiyev Xumoyun Author

Keywords:

Kichiq biznes, Xususiy tadbirkorlik, Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, Xududiy iqtisodiyot, bandlik, investitsiyalar, Davlat siyosati

Abstract

Ushbu maqolada Farg‘ona viloyatining ijtimoiy‑iqtisodiy rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tutgan o‘rni, mavjud holati, duch kelayotgan tizimli muammolar hamda istiqbolli rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda rasmiy statistika ma’lumotlari, hukumat qarorlari, hududiy rivojlanish dasturlari hamda ilmiy adabiyotlarga tayanilgan holda kompleks yondashuv qo‘llanilgan. Tahlillar asosida kichik biznes sub’yektlarining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi, bandlik va investitsiya oqimlariga qo‘shgan hissasi o‘rganiladi. Shuningdek, muammo va to‘siqlar, jumladan moliyaviy resurslar yetishmovchiligi, infratuzilma muammolari, kadrlar salohiyati pastligi kabi omillar tahlil qilinadi. Maqolada ushbu muammolarni bartaraf etish va kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari Farg‘ona viloyati tajribasi misolida mintaqaviy rivojlanishda kichik biznesning strategik ahamiyatini ochib beradi.

Author Biographies

  • Abdurazzakov Diyorbek

     Iqtisodiyot yo‘nalishi 4-kurs talabasi

  • Egamberdiyev Xumoyun

     Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi (PhD) dotsent

    Alfraganus Universiteti

Published

2025-10-16