TUG‘RUQDAN KEYINGI TOS TUBI DISFUNKSIYASI DIAGNOSTIKASI VA DAVOLASH

Authors

  • Zulpikariyev D.D Author
  • Ne’matova Z.A., Author
  • Karlibaeva U.J Author
  • Choriqulova F.E. Author

Keywords:

tug‘ruqdan keyingi tos tubi disfunksiyasi, anal sfinkter yetishmovchiligi, najas tutolmaslik, fecal incontinence, akusherlik anal sfinkter shikastlanishi (OASIS), perineal yirtilish, anorektal manometriya, tos tubi mushaklari, biofeedback, sfinkteroplastika, vaginal tug‘ruq, diagnostika, davolash.

Abstract

Ushbu maqolada tug‘ruqdan keyingi ayollarda uchraydigan anorektal va tos tubi disfunksiyalari, xususan anal sfinkter yetishmovchiligi va najas tutolmaslik (fecal incontinence) muammosi keng yoritilgan. Maqolada ushbu holatlarning rivojlanish mexanizmlari, etiologik omillari, klinik belgilari hamda zamonaviy diagnostik usullari batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, homiladorlik va tug‘ruq jarayonida yuzaga keladigan gormonal va anatomik o‘zgarishlarning tos tubi mushaklari va anal sfinkter funksiyasiga ta’siri o‘rganilgan. Maqolada vaginal va instrumental tug‘ruq, perineal yirtilishlar, akusherlik anal sfinkter shikastlanishlari (OASIS) kabi asosiy xavf omillari ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, bemorlarda uchraydigan siydik va najas tutolmaslik, gaz nazoratining buzilishi hamda tos a’zolarining pastga tushishi kabi klinik holatlar yoritilgan. Diagnostika jarayonida qo‘llaniladigan klinik ko‘rik, anorektal manometriya, ultratovush tekshiruvi va dinamik tasvirlash usullari hamda ularning ahamiyati tahlil qilingan. Davolash yondashuvlari esa konservativ terapiya (parhez, hayot tarzini o‘zgartirish, tos tubi mashqlari, biofeedback)dan tortib, invaziv usullar (sfinkteroplastika, nerv stimulyatsiyasi va implantatsion muolajalar)gacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi.

Published

2026-04-23