AMERIKA VA O‘ZBEK ROMANTIK ADABIYOTIDA O‘XSHASHLIKLAR, TAFOVUTLAR VA TARJIMADAGI MUAMMOLAR (Collen Hooverning “It ends with us” va It starts with us” asarlari asosida)

Authors

  • Zokirjonova Madina Iqboljon qizi Author

Keywords:

romantik adabiyot, qiyosiy tahlil, Colleen Hoover, tarjima muammolari, O‘zbek adabiyoti, G‘arb adabiyoti, sevgi tasviri.

Abstract

Mazkur maqolada Amerika va o‘zbek  romantik adabiyotidagi o‘xshashliklar, tafovutlar hamda tarjima jarayonida uchraydigan muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy manbasi sifatida zamonaviy amerikalik yozuvchi Colleen Hooverning “It Ends with Us” va “It Starts with Us” romanlari tanlab olingan. Maqolada asarlarda aks etgan sevgi, oilaviy munosabatlar, ayol obrazining talqini va jamiyatning romantik qadriyatlarga munosabati o‘zbek romantik adabiyotidagi o‘xshash motivlar bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, tarjima jarayonida madaniy kontekst, emotsional ma’nolarni saqlash, til va uslubdagi nozikliklar bilan bog‘liq qiyinchiliklar ham ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijasida sharq va g‘arb adabiyotida romantik tuyg‘ularning ifodasi o‘xshash bo‘lsa-da, ularning madaniy, ijtimoiy va psixologik talqini turlicha ekanligi aniqlanadi.

Author Biography

  • Zokirjonova Madina Iqboljon qizi

    Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti stajyor-o‘qituvchisi

    madinahonzakirhanova@gmail.com

    +9989996976368

Published

2025-10-16