BOSHLANGICH TA'LIM PEDAGOGIKASI
Keywords:
boshlang‘ich sinflar, pedagogika, jamiyat, individual yondashuv, diktativ yondashuvlar, fikrlash, muomala, ta'lim, tarbiya.Abstract
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi — bu bolalarning oliy ta’limdan oldingi bosqichda bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ularni tarbiyalash jarayonini o‘rganuvchi va boshqaruvchi ilmiy-pedagogik tizimdir. Mazkur soha maktabgacha ta’limdan so‘ng boshlanuvchi va asosiy o‘quv bosqichiga poydevor hozirlovchi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi bolalarda o‘qish, yozish, hisoblash, tabiat va jamiyat haqidagi ilk tasavvurlar, shuningdek, shaxsiy va ijtimoiy fazilatlarning shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu pedagogika sohasida asosan yoshlarning individual xususiyatlarini hisobga olish, har bir o‘quvchining rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni yaratish, ularning orzu-umidlari, intilishlari va ehtiyojlarini inobatga olib ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish masalalari ko‘rib chiqiladi.