DHOFAR URUSHI VA UMMON SULTONLIGIDA DAVLAT QURILISHI
Keywords:
Dhofar urushi, Ummon Sultonligi, Sulton Qobus, siyosiy barqarorlik, amnistiya siyosati, Dhofar Ozodlik Fronti (DLF), Firqalar, Fuqarolik Yordami Guruhlari (CATs), qabilaviy integratsiya, Xalq Ozodlik Armiyasi (PLA), Britaniya Armiyasi O‘quv Guruhi (BATT), Okupatsiya qilingan Arab Ko‘rfazini Ozod Qilish Xalq Fronti (PFLOAG).Abstract
Ushbu maqola Dhofar urushi jarayonlari va uning Ummon sultonligida siyosiy barqarorlik hamda davlat qurilishi jarayoniga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada Sulton Qobus bin Saidning hokimiyatga kelishi bilan bog‘liq siyosiy o‘zgarishlar, xususan mamlakatni yagona davlat sifatida shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Dhofar urushining borishi, uning ijtimoiy-siyosiy xususiyatlari hamda urush davomida qo‘llanilgan harbiy va siyosiy strategiyalar yoritiladi. Amnistiya siyosati, mahalliy Firqalar tashkil etilishi va Fuqorolik Yordami Guruhlari faoliyati ilmiy asosda o‘rganiladi. Dhofar urushining xalqaro omillari va tashqi yordam masalalari ko‘rib chiqilib, uning natijalari Ummon davlatining hududiy yaxlitligi va siyosiy tizimi shakllanishidagi o‘rni ochib beriladi. Natijada, Dhofar urushi Ummon sultonligining keyingi siyosiy barqarorligi va modernizatsiya jarayonlari uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilgani asoslanadi.