PIODERMATIT ETIOLOGIYASI VA DAVOLASH USULLARI

Authors

  • Zulpikariyev D.D Author
  • Turg’anov S.S. Author
  • Xabibullaxonov B.O Author
  • Obidov D.R Author

Keywords:

PD-PSV, piodermatit, vegitativ dermatoz, pustulyar dermotit,YIChK, NET, EET, etipotogenez, davolash.

Abstract

Ushbu adabiyotlar tahlilida piodermatitning etiologiyasi, rivojlanish mexanizmlari hamda zamonaviy davolash usullari keng yoritilgan. Piodermatit terining yiringli-yallig‘lanish kasalligi boʻlib, asosan stafilokokklar, streptokokklar va boshqa shartli-patogen mikroorganizmlar ta’sirida rivojlanadi. Kasallikning kelib chiqishida immun tizim holati, teri toʻsig‘ining buzilishi, surunkali somatik kasalliklar va tashqi omillarning ahamiyati katta ekanligi koʻrsatib berilgan. Soʻnggi yillarda piodermatitni davolashda antibakterial preparatlar, antiseptik vositalar, mahalliy va tizimli terapiya usullarining samaradorligi keng oʻrganilmoqda. Shuningdek, immunomodulyatorlar, probiotiklar va fizioterapevtik muolajalarni qoʻllash kasallikning qaytalanishini kamaytirishda muhim oʻrin tutadi. Zamonaviy yondashuvlar piodermatitni kompleks davolash, individual terapiya tanlash hamda asoratlarning oldini olish imkonini bermoqda

Published

2026-04-23