OIVGA QARSHI VAKSINA YARATISH BO‘YICHA ILMIY IZLANISHLAR, PROFILAKTIKA USULLARI VA UNI AHOLIGA JORIY ETISH

Authors

  • Zulpikariyev D.D Author
  • Obidov D.R Author
  • Bozorov A.A Author
  • Xolmatova Z.M. Author

Keywords:

OIV, OITS, antiretrovirus terapiya, neyrokognitiv buzilishlar, nevropsikiyatrik asoratlar, OIV bilan bog‘liq demensiya, opportunistik infeksiyalar.

Abstract

Ushbu maqolada odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) bilan kasallangan bemorlarda uchraydigan nevropsikiyatrik kasalliklarning kelib chiqishi, tarqalishi va klinik ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotlarda OIV infeksiyasi fonida kognitiv buzilishlar, kayfiyat va tashvish holatlari kabi nevropsikiyatrik belgilar keng uchrashi aniqlangan. Antiretrovirus terapiya joriy etilishidan oldingi davrda ushbu buzilishlar ko‘pincha davolanmagan bo‘lib, bemorlarda yuqori kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlariga olib kelgan. Maqolada OIV bilan bog‘liq nevrokognitiv buzilishlarning patogenezida opportunistik infeksiyalar, xususan toksoplazmoz va ensefalitning o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, yuqori faol antiretrovirus terapiya (HAART) joriy etilishi bilan OIV bilan bog‘liq nevrokognitiv kasalliklar chastotasining sezilarli darajada kamaygani ta’kidlangan.

Published

2026-04-23