ANTIBIOTIKLAR REZISTENTLIGI: ZAMONAVIY TIBBIYOT MUAMMOSI

Authors

  • Zulpikariyev D.D Author
  • Bozorov A.A Author
  • Ne’matova Z.A Author
  • Xolmatova Z.M. Author

Keywords:

antibiotikorezistentlik, superbakteriyalar, mikroblarga qarshi dori vositalari, sog‘liqni saqlash strategiyasi, infeksion nazorat.

Abstract

Ushbu maqolamda zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimining eng dolzarb va xavfli muammolaridan biri — mikroblarga qarshi preparatlarga chidamlilik (antibiotikorezistentlik) fenomenini har tomonlama tahlil qilishga bag‘ishlangan. Bugungi kunda bakteriyalarning evolyutsion moslashuvchanligi tufayli ko‘plab an’anaviy antibiotiklar o‘z terapevtik samaradorligini yo‘qotmoqda, bu esa hatto oddiy infeksiyalarning ham og‘ir asoratlarga olib kelish xavfini oshirmoqda. Maqolada ushbu inqirozning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan asosiy omillar, jumladan, klinik amaliyotda dori vositalarining tartibsiz qo‘llanilishi, chorvachilik va qishloq xo‘jaligida dori vositalarining suiiste’mol qilinishi hamda farmatsevtika sanoatida yangi sinfdagi antibiotiklar ishlab chiqilishining sustlashuvi batafsil ko‘rib chiqiladi. Maqolada rezistentlikning molekulyar-genetik mexanizmlari, xususan, genlarning gorizontal ko‘chishi orqali "superbakteriyalar" shakllanish jarayoni yoritilgan.

Author Biographies

  • Zulpikariyev D.D

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti

  • Bozorov A.A

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti

  • Xolmatova Z.M.

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti

Published

2026-04-23