ANOR PO'STLIG'INING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI

Authors

  • Shermurodova Ruxsorabonu Author
  • Xudoyqulov Jamoliddin Inomovich Author

Keywords:

Anor po'stlog'i, shifobaxsh xususiyatlari, tabiiy davolash vositasi, antibakterial ta'siri, ichak kasaliklari, yaralar, tindirma, an'anaviy tabobat, og'iz bo'shlig'i gigiyenasi, qorin tifi.

Abstract

Ushbu maqola anor po'stlog'ining keng ko'lamli shifobaxsh xususiyatlarini tahlil qiladi. Anor po'stida mavjud bo'lgan pelterin, kaliy, magniy, temir kabi mikroelementlar va antioksidantlar uning dorivorlik jihatlarini belgilaydi. Qadimiy tabobatda, jumladan Gippokrat davrida ham anor po'stining quritilgan shakli jarohatlar va yaralarni davolashda ishlatilgan.Maqolada anor po'stidan tayyorlanadigan turli xil damlama, qaynatma va kukun shaklidagi vositalarning ichak kasalliklari (dizenteriya, salmonellyoz, qorin tifi) me'da va ichak yaralari, disbakterioz, gijja, bavosir, shuningdek, og'iz bo'shlig'i kasalliklari, tish og'rig'i, yo'tal, soch to'kilishi va husnbuzarlarni davolashdagi foydasi keng yoritilgan.Uyqu sifatini yaxshilash, immunitetni oshirish, tanani toksinlardan tozalash va yoshartirishda anor po'stining ahamiyati alohida ta'kidlangan. Spirtdagi damlama va ko'k choy bilan aralashtirilgan choy, shuningdek asal qo'shilgan qaynatma shakllarida iste'mol qilish orqali ham kasalliklarning oldini olish va davolash mumkinligi isbotlangan.Shuningdek, maqolada anor po'stining nojo'ya ta'sirlari deyarli yo‘qligi, lekin uni me'yoridan ortiq iste'mol qilish yoki ba'zi dori vositalar bilan birga qabul qilishda ehtiyot bo'lish zarurligi eslatib o'tilgan. Ushbu maqola anor po'stlog'idan xalq tabobatida samarali foydalanish yo'llarini ilmiy va amaliy nuqtai nazardan yoritadi.   

Author Biographies

  • Shermurodova Ruxsorabonu

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti Boshqaruv va Menejment

    fakulteti talabasi

  • Xudoyqulov Jamoliddin Inomovich

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti tibbiy kimyo kafedrasi asistenti

Published

2026-04-24