GLOBALLASHUV SHAROITIDA INSON KAPITALINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI
Keywords:
Inson kapitali, globallashuv, innovatsion rivojlanish, ta’lim islohotlari, Yangi O‘zbekiston, ilm-fan, oliy ta’lim, o‘qituvchi maqomi, raqobatbardoshlik, axborot texnologiyalari, tarixiy merosAbstract
Mazkur maqolada globallashuv sharoitida inson kapitalini shakllantirish omillariga bag‘ishlangan bo‘lib, O‘zbekistonning yangi rivojlanish bosqichida (Yangi O‘zbekiston strategiyasi doirasida) inson kapitalini rivojlantirishning muhimligini ta’kidlaydi. Inson kapitali innovatsion iqtisodiyot, raqobatbardoshlik va mamlakat taraqqiyotining asosiy omili sifatida ko‘riladi. Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalarga oid qarashlari, O‘zbekistonning tarixiy ilmiy merosi (Xorazm Ma’mun akademiyasi, Mirzo Ulug‘bek madrasasi va boshqalar), so‘nggi yillardagi ta’lim islohotlari (yangi Konstitutsiyada ta’lim va o‘qituvchi maqomining mustahkamlanishi, qamrov darajasining oshishi, oliy ta’lim muassasalari sonining ko‘payishi, chet tillari o‘qitishning rivojlanishi) tahlil qilinadi. Muallif ta’lim-tarbiya va ilm-ma’rifatni milliy rivojlanishning tayanch ustuni sifatida baholaydi hamda ajdodlar merosini zamonaviy islohotlar uchun ilhom manbai deb hisoblaydi.