KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYA DARAJASINI ANIQLASH METODIKALARI VA DASTLABKI NATIJALAR

Authors

  • Mingnorov Abduxoliq Toshmirzayevich Author
  • Begimova Shahzoda Gʼani qizi Author

Keywords:

eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar, kommunikativ kompetensiya, diagnostika metodikalari, nutqiy rivojlanish, ijtimoiy moslashuv, imo-ishora nutqi, maxsus ta’lim, pedagogik texnologiyalar

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda kommunikativ kompetensiya darajasini aniqlashning metodik asoslari hamda tadqiqotning dastlabki natijalari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida alohida ehtiyojli bolalarning ijtimoiylashuvi va to‘laqonli rivojlanishini ta’minlash dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, eshitishida nuqsoni mavjud bolalarda muloqot jarayonining yetarli darajada shakllanmaganligi ularning kognitiv, nutqiy va ijtimoiy rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.Shu bois kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishdan avval uning mavjud darajasini aniq va ilmiy asoslangan metodikalar yordamida baholash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqotda kommunikativ kompetensiyani aniqlash uchun kompleks diagnostik yondashuv qo‘llanilib, kuzatish, suhbat, test, eksperimental topshiriqlar hamda ekspert baholash metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot jarayonida bolalarning nutqiy faolligi, muloqotga kirishish qobiliyati, imo-ishora vositalaridan foydalanish darajasi hamda ijtimoiy moslashuvi kabi ko‘rsatkichlar chuqur tahlil qilindi.Olib borilgan dastlabki natijalar shuni ko‘rsatdiki, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning aksariyatida kommunikativ kompetensiya yetarli darajada shakllanmagan bo‘lib, ular asosan imo-ishora orqali muloqot qilishga moyil. Nutqiy vositalardan foydalanish darajasi esa cheklanganligi sababli, muloqot jarayonida qiyinchiliklar yuzaga keladi. Shu bilan birga, ayrim bolalarda ijtimoiy faollikning pastligi va muloqotga kirishishda ikkilanish holatlari kuzatildi.Tadqiqot natijalari asosida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan samarali pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish zarurligi asoslab berildi. Mazkur maqola eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlovchi pedagoglar, defektologlar hamda ilmiy tadqiqotchilar uchun muhim metodik manba bo‘lib xizmat qiladi. 

Author Biographies

  • Mingnorov Abduxoliq Toshmirzayevich

    Oʻqituvchi

  • Begimova Shahzoda Gʼani qizi

    T.D.P.U  Maxsus pedagogika “Surdopedagogika” yo’nalishi Magistratura 1-bosqich talabasi

Published

2026-04-24