TALABALAR NUTQINING LEKSIK-SEMANTIK MANZARASI: ARGO VA JARGONLARNING FUNKSIONAL –STILISTIK TADQIQI

Authors

  • Jumayev Elmurod Bekpulatovich Author
  • Bektosheva Diyora Sherzod qizi Author

Keywords:

talabalar nutqi, jargon, leksik-semantik xususiyatlar, funksional xususiyatlar, semantik ko‘chish, o‘zlashma so‘zlar, sotsiolingvistika, nutq madaniyati.

Abstract

Mazkur maqolada talabalar nutqida keng qo‘llaniladigan argo va jargon birliklarining leksik-semantik hamda funksional xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda jargon va argoning nazariy asoslari yoritilib, ularning o‘zaro farqli jihatlari aniqlashtirilgan. Shuningdek, talabalar nutqida jargonlarning shakllanish manbalari, xususan semantik ko‘chish va o‘zlashma so‘zlar orqali boyishi ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan. Ish davomida talabalar nutqining ijtimoiy, psixologik va lingvistik jihatlari o‘rganilib, jargonlarning kommunikativ vazifalari ochib berilgan. Natijalar asosida talabalar nutqida jargon va argolar muhim ekspressiv vosita sifatida xizmat qilishi, shu bilan birga ularning me’yordan ortiq qo‘llanishi adabiy til normalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aniqlangan.

Author Biographies

  • Jumayev Elmurod Bekpulatovich

    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti dotsenti v.b, fffd (PhD)

    Elmurodjumayev272@gmail.com

  • Bektosheva Diyora Sherzod qizi

    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

    O‘zbek tili va adabiyot yo‘nalishi 1-kurs talabasi

    SHerzodxolmatov1219@gmail.com

Published

2026-04-26