ICHAK MIKROBIOTASI VA INSON IMMUN IMMUN TIZIMI OʻRTASIDAGI BOGʻLIQLIK
Keywords:
ichak mikrobiotasi, immun tizim, disbioz, T-regulyator limfotsitlar, sitokinlar, probiotiklar · yallig‘lanishli ichak kasalliklari, autoimmun kasalliklar.Abstract
Ushbu maqola ichak mikrobiotasi va inson immun tizimi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni sistematik adabiyotlar tahlili asosida o‘rganadi. Ichak mikrobiotasi bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar va arxeylardan iborat murakkab ekotizim immun tizimning shakllanishi va kundalik faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Maqolada mikrobiotaning T-regulyator limfotsitlar differentsiatsiyasiga, sitokinlar muvozanatiga hamda qisqa zanjirli yog‘ kislotalari orqali amalga oshiriladigan epigenetik modulyatsiyaga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, disbioz mikrobiotaning miqdoriy va sifatiy jihatdan buzilishi allergiya, autoimmun kasalliklar, yallig‘lanishli ichak kasalliklari va metabolik kasalliklarning rivojlanishida umumiy patogenetik omil sifatida qaralishi asoslab ko‘rsatiladi. Shuningdek probiotiklar, antibiotiklarning mikrobiotaga ta’siri va fekal mikrobiota transplantatsiyasiga oid zamonaviy ilmiy qarashlar muhokama qilinadi. Maqola natijalari klinik tibbiyot va profilaktik sog‘liqni saqlash uchun amaliy ahamiyatga ega.