TURLI TEMPERAMENTLI BOLALARNING BOG'CHA MUHITIGA MOSLASHISH DINAMIKASI
Keywords:
temperament, bog'cha moslashuvi, maktabgacha ta'lim, moslashish dinamikasi, sangvinik, melanxolik, xolerik, flegmatik, ijtimoiy adaptatsiya.Abstract
Ushbu maqolada turli temperament turlariga ega bolalarning maktabgacha ta'lim muassasasi muhitiga moslashish dinamikasi o'rganilgan. Gippokrat-Pavlov temperament tasnifi asosida to'rt temperament guruhidagi bolalarning moslashish jarayoni taqqoslangan. Buxoro viloyatidagi 12 ta maktabgacha ta'lim muassasasida 3–5 yoshli 248 nafar bola ishtirokida olib borilgan tadqiqot temperament turi va moslashish muddati, emosional holat hamda ijtimoiy integratsiya o'rtasida statistik jihatdan muhim farqlar borligini aniqladi. Sangvinik bolalar eng qisqa moslashish davri (o'rtacha 18 kun) ni, melanxolik bolalar esa eng uzun moslashish jarayonini (o'rtacha 47 kun) boshdan kechirdi. Maqolada har bir temperament turi uchun moslashuv inqirozini kamaytiruvchi psixologik-pedagogik usullar taklif etilgan.