O‘ZBEK JADID DRAMALARIDA MUSTAQIL SO‘Z TURKUMLARINING QO‘LLANILISHI

Authors

  • Karimova Gulbahor Narimonovna Author

Keywords:

O‘zbek jadid dramalari, mustaqil so‘z turkumlari, ot, sifat, son, fe’l, ravish, dramatik nutq, til birliklari, lingvistik tahlil, jadid adabiyoti, badiiy uslub, dramatik diskurs, obrazlar nutqi.

Abstract

Ushbu  maqolada  o‘zbek  jadid  dramalarida  mustaqil  so‘z turkumlarining  qo‘llanilish  xususiyatlari  lingvistik va stilistik  nuqtayi  nazardan tahlil qilinadi. Jadid dramaturgiyasi  XX asr  boshlaridagi  ma’naviy  uyg‘onish jarayonlarining  muhim  mahsuli  bo‘lib, unda  qo‘llangan  leksik  birliklar dramalarning  g‘oyaviy  mazmunini  ochish, obrazlar  xarakterini  yoritish  va zamon  ruhini  ifodalashda  alohida  ahamiyat  kasb etadi. Maqolada ot, sifat, son, fe’l, ravish kabi  mustaqil  so‘z  turkumlarining  dramatik  nutqdagi  semantik yuklamasi, ularning qahramonlar  nutqidagi  kommunikativ vazifalari hamda matnning  umumiy  badiiy-uslubiy  tizimidagi o‘rni  ilmiy jihatdan  ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot  jarayonida  jadid  dramaturgiya  namunalari  lingvistik  tahlil asosida  o‘rganilib, ularda  mustaqil  so‘z  turkumlaridan  foydalanishning  tipik ko‘rinishlari  va stilistik  imkoniyatlari  aniqlanadi. Tadqiqot  natijalari  jadid adabiyoti  til  xususiyatlarini  chuqurroq o‘rganish  hamda  o‘zbek  dramatik uslubining  shakllanish  jarayonini  yanada  kengroq  anglashga  xizmat  qiladi.

Author Biography

  • Karimova Gulbahor Narimonovna

    Urganch innovatsion universiteti magistranti.

Published

2026-04-26