RANG BILDIRUVCHI SIFATLARNING MATN VA NUTQDA LINGVOMADANIY QO‘LLANISHI

Authors

  • Qalandarova Laylo Kurbonbayevna Author

Keywords:

rang bildiruvchi sifatlar, rang nomlari semantikasi, lingvomadaniy tadqiqot, til va madaniyat uyg‘unligi, matn va nutq tahlili, ranglarning ramziy ma’nosi, milliy-madaniy konnotatsiya, emotsional-ekspressivlik, badiiy va publitsistik matnlar, og‘zaki nutq, frazeologik birliklar va maqollar, milliy tafakkur va dunyoqarash, madaniy belgilar va kodlar, til birliklarining madaniy xususiyatlari.

Abstract

Mazkur tadqiqot rang bildiruvchi sifatlarning matn va nutqda qo‘llanilishi hamda ularning lingvomadaniy xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Rang nomlari til tizimida nafaqat predmet va hodisalarning tashqi belgilarini ifodalovchi leksik birlik sifatida, balki xalqning madaniyati, milliy tafakkuri, urf-odati va dunyoqarashini aks ettiruvchi muhim lingvistik vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqot jarayonida rang bildiruvchi sifatlarning badiiy, publitsistik va og‘zaki nutqdagi qo‘llanilish xususiyatlari tahlil qilinadi.Tadqiqot natijalari rang bildiruvchi sifatlarning lingvomadaniy ahamiyatini chuqurroq anglash, ularni til o‘rganish jarayonida samarali qo‘llash hamda matn tahlilida madaniy omillarni hisobga olishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Author Biography

  • Qalandarova Laylo Kurbonbayevna

    Urganch innovatsion universiteti magistranti.

Published

2026-04-26