AYRIM CHO‘KMALARNING NOORGANIK ERITUVCHILARDA KOORDINATSION BIRIKMALAR HOSIL QILISHINI ERUVCHANLIK USULI BILAN ANIQLASH

Authors

  • Tanirbergenov Bazarbay Tanirbergenovich Author
  • Ibrohimova Manzura Rustam qizi Author

Keywords:

eruvchanlik usuli, kobalt(II) sulfat, mis(II) sulfat, nikel(II) sulfat, ammiakli komplekslar, amminkatlar, oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi, koordinatsion birikmalar, rang o‘zgarishi, barqarorlik konstantasi.

Abstract

Ushbu tadqiqot ishida kobalt(II), mis(II) va nikel(II) sulfatlarning konsentrlangan ammiak (NH) eritmasida kompleks hosil qilish jarayonlari eruvchanlik usuli yordamida o‘rganildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi metall sulfatlarining noorganik erituvchi – ammiak gidroksid ishtirokida hosil qiladigan koordinatsion birikmalarining tarkibini, barqarorligini va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.

Eksperiment jarayonida kobalt (II) sulfat tizimida alohida diqqatga molik hodisa kuzatildi: Co² ionlari ammoniyli muhitda havo kislorodi taʼsirida Co³ gacha oksidlanib, eritma rangining pushtidan qoramtir jigarranggacha o‘zgarishi aniqlandi. Mis(II) sulfat bilan to‘q ko‘k rangli [Cu(NH)(HO) kompleksi, nikel(II) sulfat bilan esa binafsha-ko‘k rangli [Ni(NH) kompleksi hosil bo‘ldi.

Author Biographies

  • Tanirbergenov Bazarbay Tanirbergenovich

    Qoraqalpoq Davlat Universiteti, professor

    e-mail: bazarbaytanirbergenov499@gmail.com, +998913991347

  • Ibrohimova Manzura Rustam qizi

    Qoraqalpoq Davlat Universiteti, magistrant

    E-mail: ibrohimovamanzura66@gmail.com, +998971900025

     

Published

2026-04-27