AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATIDAGI O’RNI

Authors

  • Xoldorova Shahzoda Author
  • Mo’minova Dildora Dilshadovna Author

Keywords:

Aholi Daromadi, Ijtimoiy Siyosat, Turmush Darajasi, Kambag'allikni Qisqartirish, Ijtimoiy Himoya, Daromadlar Tengsizligi, Iqtisodiy Rivojlanish

Abstract

Aholi daromadlari jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi va rivojlanishining asosiy ko'rsatkichlaridan biridir. Davlatning ijtimoiy siyosati ushbu daromadlarni tartibga solish, aholining turmush darajasini oshirish va ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishga qaratilgan muhim vositadir. Mazkur maqolada aholi daromadlarining shakllanish mexanizmlari, ularga ta'sir etuvchi omillar hamda davlatning ijtimoiy siyosati doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha ilg'or xorijiy tajribalar o'rganilib, O'zbekiston sharoitida ularni qo'llash imkoniyatlari ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari asosida aholi daromadlarini oshirish va ijtimoiy siyosat samaradorligini ta'minlash bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Author Biographies

  • Xoldorova Shahzoda

    Toshkent kimyo-texnologiya institut talabasi

  • Mo’minova Dildora Dilshadovna

    PhD katta o’qituvchisi

Published

2026-04-27