BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARIGA TAYYORGARLIK MASALALARI

Authors

  • Abdullajonova Shaxnoza Qudratovna Author
  • Abduxoliqova Dibarxon Solijon qizi Author

Keywords:

Boshlang‘ich ta’lim, xalqaro baholash, PIRLS, TIMSS, funksional savodxonlik, ta’lim sifati, kompetensiyaviy yondashuv, baholash mezonlari, pedagogik kompetentlik.

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini xalqaro darajada baholashga qaratilgan PIRLS va TIMSS dasturlarining mazmun-mohiyati yoritilgan. Shuningdek, mazkur xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida pedagoglar oldida turgan dolzarb vazifalar, o‘quvchilarning funksional savodxonligini rivojlantirish, ta’lim mazmunini xalqaro talablar asosida takomillashtirish masalalari tahlil etilgan. Maqolada o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini oshirish, o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda baholash mezonlarini xalqaro standartlarga moslashtirish zarurligi asoslab berilgan.

Author Biographies

  • Abdullajonova Shaxnoza Qudratovna

    Qo’qon universiteti Andijon filiali

    Ilmiy rahbar

  • Abduxoliqova Dibarxon Solijon qizi

    Ingiliz tili fani o’qituvchisi

    Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 2-bosqich 24-04 guruh talabasi

Published

2026-04-28