TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA O‘QUV YUKLAMALARINING TALABALARDA PSIXO–EMOTSIONAL HOLAT VA STRESS DARAJASIGA TA’SIRINI GIGIYENIK–PSIXOFIZIOLOGIK TAHLIL

Authors

  • Bekmirov T.R. Author
  • Ne’matova Z.A. Author

Keywords:

tibbiyot talabalari, o‘quv yuklamasi, stress, psixoemotsional holat, uyqu buzilishi, charchoq, emotsional zo‘riqish, somatik simptomlar, psixogigiyena, ta’lim samaradorligi

Abstract

Mazkur tadqiqot tibbiyot oliygohlari talabalarida o‘quv yuklamasining psixoemotsional va psixofiziologik holatga ta’sirini kompleks o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda talabalarning akademik yuklama darajasi, o‘quv dasturining murakkabligi, amaliy mashg‘ulotlar va klinik faoliyat hajmi hamda mustaqil ta’limga ajratiladigan vaqt ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Shu bilan birga, ushbu omillarning talabalarning ruhiy holati, stress darajasi, uyqu sifati, charchoq, emotsional zo‘riqish va somatik belgilar bilan o‘zaro bog‘liqligi o‘rganildi. Natijalar tibbiyot talabalari orasida psixoemotsional zo‘riqish keng tarqalganligini ko‘rsatdi.

Talabalarda stress, emotsional charchoq, kayfiyat tushkunligi va diqqat pasayishi kabi belgilar tez-tez uchrashi aniqlandi. Ayniqsa, imtihon davrida uyqu buzilishlari va umumiy charchoqning kuchayishi kuzatildi. Bundan tashqari, akademik yuklama fonida bosh og‘rig‘i, yurak urish tezlashuvi, qo‘l titrashi va ishtaha o‘zgarishi kabi somatik simptomlar ham keng tarqalganligi qayd etildi. Statistik tahlil natijalari o‘quv yuklamasining sub’ektiv bahosi, o‘quv dasturi murakkabligi va amaliy mashg‘ulotlar hajmi talabalarning ruhiy holati, uyqu sifati, charchoq darajasi va umumiy hayot sifati bilan o‘zaro bog‘liq ekanligini tasdiqladi.

Xususan, o‘quv yuklamasini muvozanatlashtirish, tiklanish davrlarini optimallashtirish, psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimlarini rivojlantirish hamda sog‘lom o‘quv muhitini shakllantirish talabalarning ruhiy salomatligini saqlash va ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Published

2026-04-28