RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING RUHIY SOG‘LIQQA TA’SIRI: INTERNETGA QARAMLIK

Authors

  • Choriqulova F.E Author
  • Bekmirov T.R. Author

Keywords:

internet, yoshlar psixologiyasi, raqamli texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar, ruhiy salomatlik, internetga qaramlik, media savodxonlik, kiberbulling.

Abstract

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlar va doimiy onlayn holatning inson psixikasiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli stress — zamonaviy inson uchun keng tarqalgan psixologik muammo bo‘lib, u surunkali charchoq, e’tiborning buzilishi, tashvishli holatlar va depressiyaga olib kelmoqda. Maqolada bu holatning sabab va oqibatlari, yoshlar, bolalar hamda mehnatkashlar guruhidagi o‘ziga xos jihatlari yoritiladi. Raqamli texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bugungi kunda yoshlarning ruhiy va emotsional rivojlanishi internet muhiti orqali shakllanmoqda. Shu bois, yoshlar psixologiyasini chuqur o‘rganishda internetning ijobiy va salbiy jihatlarini kompleks tahlil qilish dolzarb ilmiy masalalardan biri hisoblanadi. Maqola ta’lim muassasalari, ota-onalar, psixologlar va yoshlar bilan ishlovchi mutaxassislar uchun foydali ilmiy-amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Author Biographies

  • Choriqulova F.E

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi

  • Bekmirov T.R.

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi

Published

2026-04-28