KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA INSTITUTSIONAL YONDASHUV: TAJRIBALAR VA NATIJALAR

Authors

  • Qudratov Ozodbek Begzod o’gli Author
  • Irnazarov Shuxrat Najmetdinovich Author

Keywords:

korrupsiya; institutsional yondashuv; xalqaro tajriba; milliy tajriba; shaffoflik

Abstract

Korrupsiyaga qarshi kurashishda institutsional yondashuvning ahamiyati va samaradorligi bugungi kunda global miqyosda keng muhokama qilinmoqda. Ushbu maqolada, milliy va xalqaro tajribalar tahlil qilinadi, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda institutsional yondashuvning asosiy tamoyillari va uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlar ko‘rsatib o‘tiladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish, faqatgina qonuniy chora-tadbirlarni qo‘llash bilan cheklanmaydi, balki mustahkam institutlar va xalqaro hamkorlikni talab qiladi. Maqolada shuningdek, muayyan mamlakatlardagi misollar keltiriladi va ularning tajribasi asosida takliflar beriladi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda institutsional yondashuvning muvaffaqiyatga erishishi uchun, davlat va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, shaffoflikni ta'minlash va hisobdorlikni oshirish zarurligi ta'kidlanadi.

Author Biographies

  • Qudratov Ozodbek Begzod o’gli

    Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti talabasi

  • Irnazarov Shuxrat Najmetdinovich

    Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti o‘qituvchisi

Published

2026-04-28