OROL DENGIZI QURISHINING IJTIMOIY-EKOLOGIK OQIBATLARI: MUAMMOLAR VA YECHIM YO'LLARI
Keywords:
Orol dengizi, Aralkum, ekologik inqiroz, ijtimoiy-ekologik muammolar, suv resurslari, tuz bo'ronlari, biodiversitet, barqaror rivojlanishAbstract
Ushbu maqolada Orol dengizining qurishidan kelib chiqayotgan ijtimoiy-ekologik muammolar xalqaro va mahalliy ilmiy manbalar asosida tizimli tahlil etilgan. Tadqiqot natijasi shuni tasdiqlaydi: Sovet davrida Amudaryo va Sirdaryodan suv oqimining keng ko'lamli sug'orish maqsadlarida yo'naltirilishi dengiz inqirozining asosiy sababi bo'lgan. 1960-yildan 2007-yilgacha dengiz o'z hajmining taxminan 90 foizini yo'qotib, bugungi kunda Aralkum tuz cho'liga aylangan. Maqolada ekologik (biodiversitet yo'qolishi, tuz bo'ronlari, tuproq degradatsiyasi), sog'liq (surunkali kasalliklar, o'lim ko'rsatkichi o'sishi) va ijtimoiy-iqtisodiy (baliqchilik va qishloq xo'jaligining inqirozi, demografik ko'chishlar) oqibatlar ko'rib chiqilgan. Muammoni hal etish uchun havza miqyosidagi suv boshqaruvini isloh qilish, zamonaviy sug'orish texnologiyalarini joriy etish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash zarurligi asoslab berilgan.