MUSTAQILLIK YILLARIDA BOSHLANG‘ICH TA’LIMDAGI O‘ZGARISHLAR (FARG‘ONA VILOYATI MISOLIDA)
Keywords:
Boshlang‘ich ta’lim, “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”, darsliklar, kadrlar tizimi, Qo‘qon universiteti.Abstract
Mazkur bitiruv malakaviy ishida aynan boshlang‘ich ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar misolida mustaqillikdan keyingi ta’lim islohotlarining mazmun-mohiyati tahlil qilinadi. Xususan, ta’limning g‘oyaviy yo‘nalishidagi yangilanishlar, o‘quv mazmunining milliylashtirilishi, tarbiyaviy komponentlarning kuchaytirilishi hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlarning joriy etilishi ilmiy asosda yoritib beriladi. Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida O‘zbekiston mustaqilligining ilk yillarida ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar yoritib beriladi. Xususan, ta’lim sohasini yangi ijtimoiy sharoitlarga mos ravishda rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarning joriy etilishi tahlil qilinadi. Ushbu huquqiy asoslar ta’lim mazmunini yangilash, uni milliy qadriyatlar asosida tashkil etish hamda uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.