GIPSLI SHO‘RLANGAN TUPROQLARDA GOLOFIT O‘SIMLIGINING MIKROORGANIZMLAR VA BIOLOGIK FAOLLIKKA TA’SIRI (JIZZAX CHO‘LI MISOLIDA)

Authors

  • Maxkamova Dilafruz Yuldashevna Author

Abstract

Gipsli sho‘rlangan tuproqlar qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil hududlarda keng tarqalgan bo‘lib, ularning asosiy xususiyati yuqori sho‘rlanish darajasi, gips (CaSO₄) miqdorining ko‘pligi hamda organik moddalarning kamligi bilan ifodalanadi. Bunday sharoitda tuproqning biologik faolligi, jumladan mikroorganizmlar soni va fermentativ jarayonlar sezilarli darajada susayadi. Shu bois, ushbu turdagi tuproqlarning biologik holatini yaxshilashda galofit o‘simliklardan foydalanish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Shular qatorida yulg‘un o‘simligi yuqori sho‘rlanish va gipsli muhitga moslashganligi bilan ajralib turadi hamda fitomelioratsiya jarayonlarida samarali vosita hisoblanadi.

Author Biography

Published

2026-04-29