O'ZBEK TILIDA RASMIY HUJJATCHILIKNING ZAMONAVIY TALABLARI

Authors

  • Azimova Sabrina Laziz qizi Author
  • Mahammadkomilova Rayhona Shuhratjon qizi Author
  • Turg‘unpo‘latov Diyorbek Ro‘zmamat o‘g‘li Author

Keywords:

davlat tili, rasmiy hujjatchilik, ish yuritish, rasmiy uslub, adabiy til me’yorlari, hujjat tili, elektron hujjat, nutq madaniyati, aniqlik, ixchamlik.

Abstract

maqolada o‘zbek tilida rasmiy hujjatchilikning bugungi kundagi ahamiyati va unga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar haqida so‘z yuritiladi. Davlat tilida ish yuritish jarayoni nafaqat huquqiy me’yorlarga, balki adabiy til qoidalariga ham asoslanishi zarurligi ta’kidlanadi. Maqolada rasmiy hujjat tilining aniqlik, ixchamlik, mantiqiylik va xolislik kabi asosiy xususiyatlari yoritilib, amaliy misollar orqali tushuntirib beriladi. Shuningdek, elektron hujjat aylanishi sharoitida ish yuritish madaniyatini takomillashtirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Muallif rasmiy hujjatlarning to‘g‘ri va me’yoriy yozilishi davlat tilining nufuzini oshirishga xizmat qilishini, hujjat tili esa tashkilot va muassasaning madaniy darajasini namoyon etishini asoslab beradi. Maqola davlat tilida ish yuritish madaniyatini yuksaltirish zarurati hamda bu borada mas’uliyatli yondashuv muhim ekanini ko‘rsatishga qaratilgan.

Author Biographies

Published

2026-04-30