ALLERGIK RINITNING KLINIK XUSUSIYATLARI VA DAVOLASH TAMOYILLARI

Authors

  • Usanova Diyora Ilhom qizi Author
  • Ismailova Munojat Hayatovna Author

Keywords:

Allergik rinit, allergen, burun yallig‘lanishi, aksirish, burun bitishi

Abstract

Allergik rinit – burun shilliq qavatining allergenlar ta’sirida yuzaga keladigan yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, u dunyo bo‘yicha keng tarqalgan respirator patologiyalardan biri hisoblanadi. Kasallik asosan chang, gul changi (polen), hayvon tuklari va turli kimyoviy moddalar ta’sirida rivojlanadi. Allergik rinitning asosiy klinik belgilari burun bitishi, aksirish, burundan ko‘p suyuqlik ajralishi va qichishish hisoblanadi. Kasallik bemorning hayot sifatini pasaytiradi, uyqu va ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Erta tashxis va to‘g‘ri davolash asoratlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Author Biographies

  • Usanova Diyora Ilhom qizi

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti

    ``Davolash ishi`` fakulteti 2-bosqich talabasi

  • Ismailova Munojat Hayatovna

    Ilmiy rahbar: T.f.n, dotsent

Published

2026-04-30