ELEKTR MOTORLAR IZOLATSIYASINING QOLDIQ RESURSINI ANIQLASH
Keywords:
AE-92-4, yordamchi asinxron elektr motori, akustik diagnostika, izolyatsiya, issiqlik ta’sirida eskirish, elastiklik moduli, qoldiq resurs, akustik yutilish koeffitsienti, VL80 elektrovozAbstract
Ushbu maqolada VL80 seriyali elektrovozlarda o’rnatilgan AE-92-4 uch fazali asinxron elektr motorlari (40 kVt, 380 V, 1405 ayl/min, izolyatsiya sinfi H) chulg’am izolyatsiyasining holatini baholash va qoldiq resursini aniqlash masalasi ko’rib chiqiladi. AE-92-4 motori VL80 elektrovozlarida asosiy kompressor (MK) va markazdan qochma ventilyatorlarni (MV1–MV4) haydash uchun mo’ljallangan yordamchi asinxron elektr mashinasi bo’lib, ekspluatatsiya jarayonida yuqori harorat, tebranish va chang omillarining birgalikdagi ta’siriga duchor bo’ladi.
Mavjud diagnostika usullari — izolyatsiya qarshiligini o’lchash (IR) va qutblanish indeksi (PI) — faqat izolyatsiyaning elektr xossalarini baholab, uning fizik-mexanik degradatsiyasini erta bosqichda aniqlay olmaydi. Bundan tashqari, bu usullar motorni tarmoqdan uzishni talab etadi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida akustik diagnostika usuli taklif etilgan bo’lib, u akustik to’lqinlarning izolyatsiya muhitidagi yutilish koeffitsienti (α) orqali murakkab elastiklik modulini (E* = E’ + iE’’) aniqlashga asoslanadi.
Taklif etilgan usul motorni to’xtatmasdan real vaqt rejimida diagnostika qilish, izolyatsiyaning eskirish darajasini aniqlash va qoldiq xizmat muddatini (τₙₒₗ) turli harorat rejimlari (90°C, 115°C, 130°C) uchun prognozlash imkonini beradi. Izolyatsiyaning normallashtirilgan elastiklik moduli E_norm = E_nom/E ko’rsatkichi diagnostik parametr sifatida ishlatiladi: E_norm = 1,5 qiymati ta’mirlash chegarasi sifatida belgilangan. H sinf izolyatsiyasi uchun kutilgan xizmat muddati 20 000–80 000 soatni tashkil etadi.
O’lchov kompleksi 5–30 kHz chastotali sinusoidal diagnostik signal generatori, kuchaytirgich, AE-92-4 stator chulg’amiga ulanish bloki, piezoelektrik akustik o’zgartirgich va avtomatik hisoblash dasturiy ta’minotidan iborat. Kondensatorli etalon akustik signal manbai p = −U₀U₁ε₀/h² formulasi asosida akustoelektr traktni kalibrash imkonini beradi. Eksperimental natijalar usulning yuqori aniqlik (o’rtacha og’ish ±3,5%) va ishonchliligini tasdiqladi. Taklif etilgan yondashuv VL80 elektrovozlari depolarida motorlarni profilaktik ta’mirlashni rejalashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.