OSHQOZON OSTI BEZINING YALLIG‘LANISHI: SABABLARI, DIAGNOSTIKASI VA DAVOLASH
Keywords:
O‘tkir pankreatit, oshqozon osti bezi, yallig‘lanish, amilaza, lipaza, NF-κB, oksidativ stress, diagnostika, davolash.Abstract
Mazkur ishda o‘tkir pankreatit – oshqozon osti bezining o‘tkir yallig‘lanish kasalligi, uning etiologiyasi, patogenezi, klinik kechishi, diagnostikasi va davolash usullari keng yoritilgan. Ushbu kasallik me’da osti bezining fermentativ faollashuvi natijasida o‘z to‘qimalarining autolizga uchrashi bilan tavsiflanadi hamda zamonaviy gastroenterologiya va jarrohlik amaliyotida dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ishda pankreatitning rivojlanishiga olib keluvchi asosiy omillar — noto‘g‘ri ovqatlanish, alkogol iste’moli, o‘t yo‘llari kasalliklari va metabolik buzilishlar tahlil qilingan.
Shuningdek, kasallikning epidemiologik xususiyatlari, yosh va jinsga bog‘liq farqlari hamda o‘lim ko‘rsatkichlari statistik ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqilgan. O‘tkir pankreatitning morfologik va klinik tasniflari, rivojlanish bosqichlari, laborator va instrumental diagnostika usullari bayon etilgan. Asoratlari, differensial diagnostika jihatlari hamda zamonaviy davolash yondashuvlari, jumladan konservativ va jarrohlik usullari haqida batafsil ma’lumot berilgan.
Mazkur ish o‘tkir pankreatitni erta aniqlash, to‘g‘ri baholash va samarali davolashda nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega.