KAMPILOBAKTERIYALAR VA ULARNING AMALIYOTDAGI AHAMIYATI. ULAR KELTIRIB CHIQARGAN KASALLIKLAR, LABARATOR TASHXISI
Keywords:
Campylobacter jejuni; Campylobacter coli; kampilobakterioz; gastroenterit; mikroaerofil o‘stirish; PCR; laborator tashhisAbstract
Ushbu maqolada Kampilobakteriyalar avlodiga mansub patogenlarning amaliyotdagi ahamiyati, ular bilan bog‘liq asosiy klinik sindromlar hamda laborator tashhis yondashuvlari tizimli tahlil qilindi. Tadqiqotning maqsadi Campylobacter jejuni va Campylobacter coli kabi enteropatogen turlarning oziq-ovqat zanjiri orqali tarqalishi, epidemiologik xavf omillari va klinik oqibatlari fonida diagnostik algoritmlarni ilmiy asoslashdan iborat. Metodologiya sifatida zamonaviy xalqaro tavsiyalar va mintaqaviy laborator amaliyotlar qiyosiy tahlili, mikrobiologik ekish sharoitlari, mikroaerofil inkubatsiya, biokimyoviy identifikatsiya hamda molekulyar usullar samaradorligini baholash qo‘llandi. Ilmiy yangilik sifatida klinik mikrobiologiyada madaniy usullar va nuklein kislotalarni aniqlashga asoslangan testlarni birlashtiruvchi bosqichma-bosqich tashhis modeli taklif etildi hamda preanalitik xatolarni kamaytirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar asoslandi. Natijalar kampilobakteriozda tezkor va ishonchli tashhis infeksiya nazorati hamda antibiotiklarni oqilona qo‘llashga bevosita ta’sir qilishini ko‘rsatdi.