GEPATOBILIAR TIZIM O‘SMALARINI DAVOLASHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR: DIAGNOSTIKA, DAVOLASH VA IMMUNOTERAPIYA IMKONIYATLARI

Authors

  • Abduhalilova Dilrabo Ulug`bek qizi Author

Keywords:

Gepatobiliar o‘smalar; hepatotsellyulyar karsinoma; xolangiokarsinoma; immunoterapiya; hujayraviy davolash; an’anaviy xitoy tibbiyoti.

Abstract

Ushbu maqolada gepatobiliar tizim o`smalarini aniqlash va davolashda q`ollanilayotgan zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinadi. Jigar va o‘t yo‘llari saratonlari ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari orasida yuqori agressivligi va murakkab davolash talab qilishi bilan ajralib turadi. Ushbu o‘smalar dunyo bo‘ylab o‘lim ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan kasalliklar qatoriga kiradi. Gepatotsellyulyar karsinoma, o‘t pufagi saratoni va intragepatik hamda ekstragepatik xolangiokarsinoma eng keng tarqalgan turlari hisoblanadi.

Ushbu kasalliklarni davolash murakkabligi bir nechta omillarga bog‘liq: bemorning jigar funksiyasi, o‘sma bosqichi, mavjud yondosh kasalliklar va an’anaviy davolash usullarining cheklangan samaradorligi. Shu sababli bemorlarni optimal boshqarish uchun integratsiyalashgan yondashuv talab etiladi. Mazkur maqola gepatobiliar tizim o`smalarini davolashda kompleks yondashuvning ahamiyatini ochib beradi hamda kelajakda ushbu sohada olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar uchun nazariy asos bo`lib xizmat qiladi.

Author Biography

  • Abduhalilova Dilrabo Ulug`bek qizi

    Toshkent davlat tibbiyot universtiteti, 2-kurs talabasi

    2- son Davolash fakulteti

    E-mail:

Published

2026-05-04