SOMOTOFORM BUZILISHLARINING KLINIK KO‘RINISHI
Keywords:
Somatik simptomli buzilish (SSD), somatizatsiya, psixosomatika, DSM-5 tasnifi, disfunksiya, ippoxondriya, klinik diagnostikaAbstract
Ushbu maqolada zamonaviy psixiatriya va psixosomatikaning dolzarb muammolaridan biri — Somatik simptomli buzilish (SSD) tahlil qilinadi. DSM-5 tasnifiga ko‘ra, SSD an’anaviy somatoform buzilishlardan farqli o‘laroq, simptomlarning organik sababi bor-yo‘qligiga emas, balki bemorning ushbu belgilarga nisbatan psixoxulq-atvor reaksiyasiga tayanadi. Maqolada SSDning klinik manzarasi, xususan, bemordagi haddan tashqari xavotir, disfunksiya va simptomlarga fiksatsiyalanish holatlari yoritilgan. Shuningdek, kasallikning tarqalish ko‘rsatkichlari (umumiy populyatsiyada 5–7%, birlamchi tibbiy yordamda 17%) va gender tafovutlari keltirilgan. SSD etiologiyasida genetik omillar (7–21%) bilan bir qatorda bolalikdagi travmalar, stress va shaxsiyat buzilishlari kabi psixosotsial xavf omillari muhim rol o‘ynashi ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolaning diagnostika qismida asossiz laboratoriya va instrumental tekshiruvlarning salbiy oqibatlari, jumladan, iqtisodiy xarajatlar va bemor xavotirining ortishi tahlil qilingan. Yakunda, SSD diagnostikasida ehtiyotkorona yondashuv va differensial tashxis usullari bayon etilgan bo‘lib, bu mutaxassislar uchun bemorlarni boshqarishda klinik samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.