MATEMATIK VIKTORINALAR ORQALI GEOMETRIK BILIMLARNI MUSTAHKAMLASH
Keywords:
matematika, geometrik tushunchalar, matematik viktorina, sinfdan tashqari ishlar, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, fazoviy tasavvur, boshlang‘ich ta’lim, qiziqarli topshiriqlar, o‘yin texnologiyalari, ta’lim samaradorligi.Abstract
Ushbu maqolada matematik viktorinalar orqali o‘quvchilarning geometrik bilimlarini mustahkamlash masalasi yoritilgan. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida tashkil etiladigan viktorinalar o‘quvchilarning geometriyaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning mantiqiy va fazoviy tafakkurini rivojlantirish hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Maqolada matematik viktorinalarning mazmuni, ularni tashkil etish usullari va ta’lim jarayonidagi ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning geometrik tushunchalarini shakllantirishda qiziqarli savollar, o‘yinlar va amaliy topshiriqlardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilinadi. Natijada bunday faoliyat o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish bilan birga ularning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini ham rivojlantirishi ta’kidlanadi.