3D BOSMA QURILISH TEXNOLOGIYASINI O’ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIGA INTEGRATSIYA QILISHNING DOLZARBLIGI
Keywords:
3D bosma qurilish, dizayn, raqamli modellashtirish, laboratoriya, yashil iqtisodiyot, ekologik barqarorlik.Abstract
Ushbu maqolada 3D bosma qurilish texnologiyasini O‘zbekiston ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich joriy etish zarurati yoritiladi. Muallifning fikricha, mazkur yo‘nalishni qurilish, arxitektura va dizayn sohalarida tahsil olayotgan talabalar uchun alohida o‘quv moduli sifatida tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Nazariy bilimni amaliyot bilan uzviy bog‘lash maqsadida oliy ta’lim muassasalari kafedralari qoshida 3D modellashtirish va kichik hajmli bosma namunalar tayyorlashga mo‘ljallangan laboratoriyalar tashkil etish, ularni ABS pechat printerlari bilan jihozlash hamda malakali mutaxassis-pedagoglarni jalb etish taklif etiladi. Maqolada 3D bosma qurilishning afzalliklari, jumladan, qurilish muddatini qisqartirishi, chiqindilar hajmini kamaytirishi, resurslardan samarali foydalanishi va ekologik barqarorlikka xizmat qilishi tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu texnologiyaning “yashil iqtisodiyot”, ekologik muhofaza va “Yashil makon” kabi tashabbuslar bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi[2]. Xalqaro tajriba asosida ayrim davlatlarda arxitektura, raqamli ishlab chiqarish va qurilish texnologiyalari doirasida 3D printing bo‘yicha laboratoriya va kurslar yo‘lga qo‘yilgani ko‘rsatilib, bu tajribani O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish istiqbollari asoslab beriladi.