MO‘G‘UL QABILALARINING BIRLASHUVI VA MARKAZLASHGAN DAVLATNING VUJUDGA KELISHI

Authors

  • Quchqorova E’zoza Asqar qizi Author
  • Xashimova Muqaddas Murodxonovna Author

Keywords:

mo‘g‘ullar, Temuchin, Chingizxon, qabila ittifoqi, ko‘chmanchi chorvachilik, feodal munosabatlar, nukerlik, kuren, ayl, mo‘g‘ul davlati

Abstract

Mazkur maqolada XII asr oxiri – XIII asr boshlarida mo‘g‘ul qabilalarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, ularning o‘zaro munosabatlari hamda siyosiy birlashuv jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, Temuchinning hokimiyat tepasiga kelishi, qabilalararo kurashlar, nukerlik tizimi va harbiy tashkilotning shakllanishi yoritiladi. Mo‘g‘ul jamiyatida feodal munosabatlarning paydo bo‘lishi va yagona markazlashgan davlat – Chingizxon imperiyasining vujudga kelish jarayoni ilmiy asosda ochib berilgan.

Author Biographies

  • Quchqorova E’zoza Asqar qizi

    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi 1-bosqich magistranti

  • Xashimova Muqaddas Murodxonovna

    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi dotsenti, t.f.n.

Published

2026-05-05