NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDAGI GULLARGA OID SO‘ZLARNING LEKSIKOGRAFIK TASVIRI
Keywords:
fitonimika, leksikografiya, qiyosiy tilshunoslik, nemis tili, o‘zbek tili, lug‘at maqolasi, botanika leksikasi, lisoniy manzara.Abstract
Ushbu maqolada nemis va o‘zbek tillarida gullar nomlari bilan bog‘liq leksik birliklarning lug‘aviy (leksikografik) tasviri, semantik xususiyatlari, nomlash motivatsiyasi hamda madaniy konnotatsiyalari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda har ikki til lug‘atlarida berilgan izohlar, sinonimiya, metaforik qo‘llanishlar va etimologik jihatlar o‘rganildi. Natijada gullar nomlari nafaqat botanik birlik, balki madaniy, poetik va milliy mentalitetni aks ettiruvchi leksik qatlam ekanligi asoslandi.
Downloads
Published
2026-05-06
Issue
Section
Articles