KOMPOZITSIYADA MARKAZ VA E’TIBOR NUQTASI

Authors

  • Abduqayumova Aqida Abdurashid qizi Author

Keywords:

kompozitsiya, markaz, e’tibor nuqtasi, san’at, g‘oya, mazmun, tasviriy san’at, diqqat markazi, “oltin kesim”, muvozanat, ranglar uyg‘unligi, shakllar, tahlil, estetik ta’sir, asar mazmuni, tafakkur, tasviriy elementlar, portret, peyzaj, dramatik asar.

Abstract

Kompozitsiya – san’at va tasviriy san’atning eng muhim tushunchalaridan biri bo‘lib, u ijodiy asarning ichki tuzilishi va tashkiliy asoslarini belgilaydi. Kompozitsiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad – asarning g‘oyaviy mazmunini to‘liq va ta’sirli yetkazib berish, tomoshabinni chuqur o‘y va his-tuyg‘ularga chorlash, asarning vizual ta’sirini kuchaytirishdir. Har bir asarda kampozitsiya alohida rol o‘ynaydi va bu, ayniqsa, markaz va e’tibor nuqtasini to‘g‘ri tanlash va joylashtirish orqali amalga oshadi. Kompozitsiyaning asosiy qoidalaridan biri – asarda asosiy markazning, ya’ni bosh diqqat markazining mavjud bo‘lishidir. Bu markaz asarning eng muhim joyi bo‘lib, unda muallif asosiy g‘oyani tasvirlaydi yoki ko‘rsatadi. E’tibor nuqtasi esa, tomoshabinning nigohi eng avval boradigan, u yerda to‘xtaladigan markaziy nuqtadir.

Author Biography

  • Abduqayumova Aqida Abdurashid qizi

    Guliston davlat unversiteti Sa'natshunoslik fakulteti Rangtasvir dasgohli yoʻnalishi 3 bosqich talabasi

Published

2026-05-07