SHAXSDA XAVOTIRLANISH PAYDO BO’LISHIGA TА’SIR E’TUVCHI OMILLАR

Authors

  • Maxamatova Madina Sirojiddin qizi Author

Keywords:

psixologik omillar, ijtimoiy muhit, biologik faktorlar, o‘ziga ishonch, stress, raqobat, atrof-muhit o‘zgarishi, ruhiy muvozanat, oila muammolari, motivatsiya.

Abstract

Inson ruhiy dunyosining murakkabligini anglashda xavotirlanish tushunchasi alohida o‘rin tutadi. Xavotir – bu odamning o‘zini hamma narsadan xavotirga soladigan, kelajak haqida, hozirgi vaziyat haqida, o‘z salohiyati va imkoniyatlari to‘g‘risida noaniq, beqaror va zo‘riqish holatini his qiladigan hissiy shakl hisoblanadi. Inson tafakkuri, emotsional holati va biologik funksiyalarining uyg‘unligi bu jarayonning tub ildizlari bilan chambarchas bog‘liq ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Xavotirlanish ko‘proq ong sohasida va odatda, real yoki taxminiy xavf, beqarorlik erishilmagan maqsadlar, jamiyat va atrof-muhtidagi talablargacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Inson hayotida xavotir paydo bo‘lishi tabiiy, biroq ushbu hissiy holatning turli darajalarda va davomiylikda namoyon bo‘lishi ijtimoiy, psixologik, biologik va shaxsiy omillarga bevosita bog‘liq. Shaxsda xavotirlanishni paydo qiluvchi omillarni tahlil qilish – inson ruhiyatidagi nozik jihatlarni, jamiyatda sodir bo‘layotgan jarayonlarni va shaxsiy taraqqiyotning dinamikasini ochishga yordam beradi.

Author Biography

  • Maxamatova Madina Sirojiddin qizi

    O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi,

    Psixologiya ta'lim yo'nalishi, magistratura 1-bosqich talabasi

Published

2026-05-07