O`SIMLIKLARNING ISIQLIKKA CHIDAMLILIGINI ANIQLASH USULLARI VA ULARNING BIOLOGIK AHAMIYATI
Keywords:
Issiqlikka chidamlilik, botanika tadqiqot usullari, fiziologik tahlil, transpiratsiya, stress fiziologiyasi, biokimyoviy tahlil, adaptatsiya, qurg‘oqchilik, o‘simliklar ekologiyasi.Abstract
Ushbu tezisda botanika tadqiqot usullari fanining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan o‘simliklarning issiqlikka chidamliligini aniqlash usullari batafsil yoritilgan. Issiqlik stressi o‘simliklarning fiziologik jarayonlariga, suv almashinuvi, transpiratsiya tezligi, fotosintez samaradorligi hamda hujayra tuzilishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlarda o‘simliklarning issiqlikka chidamliligini baholash uchun laboratoriya, dala va biokimyoviy usullar qo‘llaniladi. Haroratning oshishi natijasida o‘simliklarda oqsil denaturatsiyasi, fermentlar faolligining o‘zgarishi va suv balansining buzilishi kuzatiladi. Shuningdek, issiqlikka chidamli o‘simliklarda protoplazma qovushqoqligi yuqori bo‘lib,bog‘langan suv miqdori ko‘pligi sababli ular yuqori haroratga nisbatan barqarorlik ko‘rsatadi.