SIRKULYAR IQTISODIYOT BARQAROR IQTISODIYOTNING MUHIM ASOSI

Authors

  • Valiyev B.B. Author

Keywords:

sirkulyar iqtisodiyot, iqtisodiy barqarorlik, chiqindilarni boshqarish, qayta ishlash, yashil iqtisodiyot, ekologik barqarorlik, eko-sanoat parklari, resurs tejamkorlik, chiqindi poligonlari, raqamli texnologiyalar

Abstract

Ushbu maqolada sirkulyar iqtisodiyotning iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi roli ilmiy asosda tahlil etiladi. Unda O‘zbekistonda ushbu tamoyillarni joriy etish bo‘yicha davlat siyosati, huquqiy baza hamda chiqindilarni boshqarish tizimini modernizatsiya qilish choralari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maishiy chiqindilar hajmi, ularni qayta ishlash darajasi va infratuzilmaning rivojlanishi statistik ma’lumotlar asosida baholangan. Maqolada chiqindilarni qayta ishlashni kengaytirish, eko-sanoat parklarini rivojlantirish, chiqindilardan energiya olish va raqamli texnologiyalarni joriy etishning samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot yakunida sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish, saralash tizimini takomillashtirish va ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha takliflar berilgan.

Author Biography

  • Valiyev B.B.

    O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi

    universiteti “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi

    professori

Published

2026-05-07