ATEROSKLEROZ PATOGENEZINING MOLEKULYAR ASOSLARI: mikroRNK, aylana RNK VA PCSK9 ORQALI LIPID VA YALLIG‘LANISH REGULYATSIYASI

Authors

  • Xodjamova G.A Author
  • Abduxalimov A.A Author

Keywords:

ateroskleroz, mikroRNK, aylana RNK, PCSK9, LDL, makrofag, ko‘pik hujayra, yallig‘lanish, oksidlovchi stress, blyashka beqarorligi.

Abstract

Ateroskleroz yurak-qon tomir kasalliklarining asosiy patogen negizi bo‘lib, u faqat xolesterin to‘planishi bilan emas, balki lipid almashinuvi, surunkali yallig‘lanish, oksidlovchi stress va tomir devorining qayta tuzilishi bilan bog‘liq murakkab jarayondir. Ushbu maqolada ateroskleroz patogenezida mikroRNK, aylana RNK va PCSK9 ning molekulyar roli tahlil qilinadi. MikroRNKlar makrofaglarda lipid kirishi, xolesterin effluks va yallig‘lanish signal yo‘llarini tartibga soladi. Aylana RNKlar mikroRNKlarni bog‘lab, gen ekspressiyasiga bilvosita ta’sir qiladi va blyashka beqarorligini baholashda istiqbolli biomarker sifatida qaraladi. PCSK9 esa LDL retseptorlari degradatsiyasi, yallig‘lanish, tomir silliq mushak hujayralari fenotipik o‘zgarishi va blyashka destabilizatsiyasida ishtirok etadi.

Author Biographies

Published

2026-05-08