ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR :DAVLAT ,HUQUQ VA ADOLAT TAFAKKURI TIMSOLI
Keywords:
Zahiriddin Muhammad Bobur,Abstract
Mazkur maqola buyuk o‘zbek mutafakkiri, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning davlat boshqaruvi tizimidagi o‘ziga xos huquqiy va adolatli yondashuvlarini tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Maqolada Bobur shaxsi nafaqat lirik shoir, balki XV–XVI asrlar Sharq huquqiy tafakkurining yirik namoyandasi sifatida tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy manbasi sifatida "Boburnoma" asaridagi ma’muriy boshqaruv, kadrlar siyosati va harbiy intizomga oid qoidalar hamda "Mubayyin" asaridagi moliya-huquqiy normalar qiyosiy o‘rganilgan. Maqolada Bobur tomonidan joriy etilgan "meritokratiya" ya’ni loyiqlik tamoyilini zamonaviy davlat xizmati tizimi bilan bog‘lagan holda, uning adolat tushunchasini yuridik kategoriya sifatida asoslab beradi. Shuningdek, maqolada Boburning davlat tizimidagi soliq islohotlari, fuqarolarning mulkiy huquqlari daxlsizligi va sud hokimiyatining jamiyat barqarorligidagi o‘rni ilmiy jihatdan yoritiladi. Maqola yakunida Boburning huquqiy merosining bugungi Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasidagi "Inson qadri va adolat" tamoyillari bilan hamohang jihatlari tahlil qilingan.