KO‘ZGA KO‘RINMAS XAVF BILAN KURASH

Authors

  • Nargiza Yarmuxammedova Anvarovna Author
  • Sheraliyeva Hamida Sheraliyevna Author

Keywords:

Xavf, ko‘zga ko‘rinmas xavf, virus, bakteriya, ekologiya, radiatsiya, axborot xavfsizligi, gigiena, atrof-muhit, sog‘liq, pandemiya, kiberxavfsizlik, feyk xabar, jamiyat xavfsizligi, sun’iy intellekt, tibbiy profilaktika, shaxsiy xavfsizlik.

Abstract

Insoniyat taraqqiyoti mobaynida ko‘plab xavf-xatarlarga duch kelib, ularning oldini olgan va ulardan himoyalanish yo‘llarini yaratgan. Ammo shunday xavflar borki, ular ko‘rinmaydi, biroq hayotimiz uchun o‘ta jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Ko‘zga ko‘rinmas, oddiy nigoh bilan anglab bo‘lmaydigan xavflar zamonaviy jamiyatda kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanib borayotganini qayd etish zarur. Bu xavflar turli shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Ularning eng asosiylari sifatida virus va bakteriyalar, radiatsiya, zaharli moddalar, sun’iy intellekt bilan bog‘liq axborot xavfsizligi masalalari, Internet makonidagi zararli viruslar va feyk xabarlarni keltirish mumkin. Kishi har doim jismonan ko‘ra olmaydigan, lekin ta’sirini butun vujudi bilan his qiladigan omillarga qarshi kurashi lozim bo‘ladi.

Author Biographies

  • Nargiza Yarmuxammedova Anvarovna

    SamDTU prorektori

    Infeksion kasalliklar kafedrasi

  • Sheraliyeva Hamida Sheraliyevna

    Samarqand davlat tibbiyot unversiteti talabasi

Published

2026-05-08