STRATEGIK MENEJMENT

Authors

  • Norboyeva Jasmina G'ayratovna Author
  • Mustafayev Shaxzod Shavkat o‘g‘li Author

Keywords:

strategik menejment, strategik boshqaruv, tahlil, strategik rejalashtirish, monitoring, maqsad, resurs, SWOT tahlil, PEST tahlil, raqobat, innovatsiya, liderlik, aqlli boshqaruv, barqarorlik, avtomatlashtirish, korporativ madaniyat.

Abstract

Bugungi zamonda tashkilot va korxonalarning o‘z faoliyati, rivojlanishi va muvaffaqiyati bevosita to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan strategik menejmentga bog‘liq. Raqobatbardosh muhit, kundan-kunga o‘zgarib borayotgan talab va taklif, texnologik taraqqiyot, ijtimoiy hamda iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida har bir firma o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yishi, ichki va tashqi muhitni chuqur tahlil qilishi, resurslarni to‘g‘ri taqsimlashi hamda aniqlangan yo‘nalish bo‘yicha harakat qilishi lozim. Shuning uchun strategik menejment hozirgi dunyoning eng muhim boshqaruv konsepsiyalaridan biriga aylangan. Strategik menejment deganda, tashkilotning uzoq muddatli maqsadlarini shakllantirish, bu maqsadlarga erishish yo‘llarini ishlab chiqish, kerakli resurslarni safarbar qilish, tashqi hamda ichki muhit omillarini hisobga olgan holda raqobatbardosh ustunlikka erishishni ifoda etuvchi uzluksiz va tizimli boshqaruv jarayoni tushuniladi. Menedjmentning bu turi eng avvalo firmaning missiyasi va istiqbolini belgilashdan, shuningdek, mazkur missiyani hayotga tatbiq etish uchun aniq reja, strategiya, metod va vositalar tanlashdan boshlanadi. Natijaviylikka erishishda strategik menejmentning asosiy bosqichlari – tahlil, rejalashtirish, amalga oshirish va baholash doimo bir-biri bilan bog‘langan holda, tizimli tarzda olib boriladi

Author Biographies

  • Norboyeva Jasmina G'ayratovna

    Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti

  • Mustafayev Shaxzod Shavkat o‘g‘li

    Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti

    Reja-moliya bo‘limi boshlig‘i, Shu institutning Tillar,ijtimoiy gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi o‘qituvchisi

Published

2026-05-08