JAROHAT INFEKSIYALARI: QOQSHOL VA GAZLI GANGRENA QOʻZGʻATUVCHILARI TAVSIFI VA LABORATORIYA TASHHISI
Keywords:
Qoqshol, gazli gangrena, Clostridium tetani, Clostridium perfringens, jarohat infeksiyalari, laborator tashhis, toksinlar, anaerob bakteriyalar, profilaktika, vaksina.Abstract
Jarohat infeksiyalari inson hayotida juda xavfli va og‘ir asoratlar bilan kechadigan kasalliklardan hisoblanadi. Ulardan eng xavfli turlari sifatida qoqshol va gazli gangrena ko‘rsatiladi. Bu infeksiyalar inson organizmining shu darajada zaiflashishiga olib keladiki, oxir-oqibat hayot uchun bevosita xavf tug‘diradi. Qoqshol va gazli gangrena jarohatlarning infektsiyalanishi natijasida rivojlanadi, ayniqsa, ochiq va ifloslanib qolgan yaralar, chuqur hamda ezilgan to‘qimalarda bunday infeksiya yuzaga chiqishi ehtimoli yuqori bo‘ladi. Ushbu maqolada qoqshol va gazli gangrenaning qo‘zg‘atuvchilari, ularning biologik xossalari, kasallik rivojlanish mexanizmi hamda laborator tashhis usullari haqida birma-bir va keng ko‘lamda ma’lumotlar beriladi.