DISPERS SISTEMALAR. KOLLOID SISTEMALARNING KLASSIFIKATSIYASI, TUZILISHI, OLINISHI VA TOZALASH USULLARI
Keywords:
dispers sistema, dispers faza, dispers muhit, kolloid zarra, soly, emulsiya, gel, aerosol, dializ, ultrafiltratsiya, elektrodializ, koagulyatsiya, stabilizator, peptizatsiya, barqarorlik, optik hodisa, Tindal effekti.Abstract
Dispers sistemalar va ayniqsa kolloid sistemalar zamonaviy kimyoviy, biologik va texnologik jarayonlarning asosi hisoblanadi. Bu tushuncha nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham har bir fan va ishlab chiqarish yo‘nalishida muhim ahamiyatga ega. Dispers sistema — bu ikki yoki undan ortiq komponentdan iborat bo‘lib, ulardan biri ikkinchisida mayda zarracha shaklida tarqalgan bo‘ladi. Oddiy qilib aytganda, dispers sistema bir hil muhitda tarqalgan kichik zarralar yig‘indidan iborat bo‘ladi. Tarqalayotgan zarralar dispers faza deb, ularning tarqalishi uchun asos bo‘ladigan muhit esa dispers muhit deyiladi. Dispers sistemalarning asosiy turlari — haqiqiy eritmalar, kolloid sistemalar va qo‘pol dispers sistemalardir. Ular bir-biridan asosan dispers fazaning zarracha kattaligi bilan farqlanadi.