QON TARKIBI, PLAZMA OQSILLARI, LIMFA-RETIKULYAR TIZIM BIOKIMYOSI
Keywords:
qon tarkibi, plazma oqsillari, limfa-retikulyar tizim, albumin, globulinlar, limfotsitlar biokimyosi, gomeostaz, immun tizim biokimyosi.Abstract
Ushbu maqolada qon tarkibi, plazma oqsillari hamda limfa-retikulyar tizim biokimyosining o‘zaro funksional bog‘liqligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda qonning hujayraviy va biokimyoviy parametrlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar, gemoglobin), plazma oqsillarining fraksiyalari (albumin, globulinlar, fibrinogen) va ularning transport, immun va gemostaz funksiyalari o‘rganilgan. Limfa-retikulyar tizim (limfa tugunlari, taloq, timus) biokimyoviy faolligi, shu jumladan limfotsitlarning metabolik profili, sitokinlar va oqsillarning lokal sintezi baholangan. Metod sifatida spektrofotometriya, elektroforez, immunoforreza va biokimyoviy analizatorlardan foydalanilgan. Natijalar plazma oqsillari darajasi bilan limfoid to‘qimalarning fermentativ faolligi o‘rtasida korrelyatsiya mavjudligini ko‘rsatgan. Xulosa qilib aytganda, limfa-retikulyar tizim va qon plazmasi oqsillari o‘rtasidagi biokimyoviy muvozanat organizm gomeostazining muhim omili hisoblanadi. Maqola klinik biokimyo, immunologiya va gematologiya sohasidagi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.