YURAK FUNKSIYALARI
Keywords:
yurak funksiyalari, yurak sog‘lig‘i, qon aylanish, miokard, qon bosimi, yurak kasalliklari, koronar arteriyalar, yurak yetishmovchiligi, yurak ritmi, profilaktika.Abstract
Mazkur maqolada yurakning asosiy funksiyalari, uning organizmdagi biologik ahamiyati hamda yurak faoliyatining asosiy mexanizmlari atroflicha yoritiladi. Yurak mushaklarining qisqarishi natijasida butun tanani qon bilan ta’minlash, hujayra va to‘qimalarga kislorod va oziq moddalarni yetkazib berish, metabolizm mahsulotlarini chiqarib yuborish jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, yurakning ritmik ishlashini ta’minlovchi yurituvchi tizimi, yurakning energiya almashinuvidagi o‘rni va yurak sog‘lig‘ini saqlashda muhim omillar haqida qisqacha ma’lumot beriladi. Yurak faoliyatining to‘g‘ri bo‘lishi umumiy organizm sog‘lig‘ini ta’minlash, profilaktika va davolash choralarini ko‘rishning ahamiyati ham ko‘rsatib o‘tiladi. Maqola yurakning fiziologik va klinik aspektlarini o‘rganishga, sog‘lom turmush tarzi va yurakni asrashga e’tiborni kuchaytirishga xizmat qiladi.